Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

07/01/2026 | Press release | Distributed by Public on 07/01/2026 10:31

O‘mon «Alsiyabi International Group LLC» kompaniyasi raisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

2026-yil 1-iyul kuni Masqat shahrida O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Bahromjon A'loyev O'mon «Alsiyabi International Group LLC» kompaniyasi raisi Salim Ali Siyabi bilan uchrashuv o'tkazdi.

Muloqot davomida infratuzilma, qurilish va turizm, tibbiy muassasalar barpo etish yo'nalishlaridagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari bo'yicha aniq takliflar muhokama qilindi.

Xorij tomonining O'zbekistonda amalga oshirilayotgan yirik shaharsozlik loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etishi, zamonaviy muhandislik va qurilish yechimlarini joriy etish, turistik infratuzilmani rivojlantirish hamda development sohasida o'zaro manfaatli sheriklikni yo'lga qo'yish masalalari bo'yicha fikr almashildi.

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan published this content on July 01, 2026, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on July 01, 2026 at 16:31 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]