06/05/2026 | Press release | Archived content
Markaziy bank ushbu sertifikatni moliyaviy sektor tashkilotlari orasida birinchilardan bo'lib qo'lga kiritdi. Bu - tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash, manfaatlar to'qnashuvining oldini olish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni mustahkamlash yo'lida amalga oshirilayotgan ishlarning xalqaro e'tirofidir.
ISO 37001:2025 korrupsiyaga qarshi samarali boshqaruv tizimini joriy etishga qaratilgan xalqaro standart bo'lib, korrupsiyaviy xavflarni aniqlash, baholash va kamaytirish bo'yicha tizimli yondashuvni nazarda tutadi.
Mazkur standart talablari asosida Markaziy bankda korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha kompleks tizim joriy etildi. Xususan, ichki siyosat, manfaatlar to'qnashuvini boshqarish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, davlat xaridlarida shaffoflikni oshirish va boshqa yo'nalishlarda 10 dan ortiq ichki idoraviy hujjatlar qabul qilindi.