04/17/2026 | Press release | Archived content
17-aprel kuni O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasining Moskva shahriga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Moskva shahrida O'zbekiston, Armaniston, Belarus, Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yigʻilishi bo'lib o'tdi.
Yig'ilish davomida global va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashilib, MDH doirasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida ijtimoiy rivojlanish, taʼlim va gumanitar sohalar, shartnoma-huquqiy baza hamda idoralararo hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator hujjatlar imzolandi. Shuningdek, savdo-iqtisodiy aloqalar, "yashil" energetika, ekologiya va zamonaviy geosiyosiy sharoitda mintaqaviy xavfsizlik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shu kuni TIV rahbari Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuv oʻtkazdi. Muloqot davomida strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish, oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosi, shuningdek savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, sanoat, taʼlim, innovatsiyalar, infratuzilma va hududlararo hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, MDH TIV kengashining kengaytirilgan yigʻilishi hamda "Markaziy Osiyo + Rossiya" formatidagi uchrashuv oʻtkazildi. Unda ko'p tomonlama hamkorlikni kengaytirish, iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, ekologik masalalar, suv resurslaridan oqilona foydalanish va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar Turkmanistonda oʻtkazilishi rejalashtirilgan MDH Davlat rahbarlari kengashi yigʻilishiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilib, koʻp tomonlama sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan 10 ta qarorni qabul qildi.
Baxtiyor Saidov Moskva shahrida boʻlib oʻtgan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Tashqi ishlar vazirlari kengashi yigʻilishi hamda "Markaziy Osiyo + Rossiya" formatidagi uchrashuvlarda ishtirok etdi. Ko'p tomonlama hamkorlikni kengaytirish, mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari yuzasidan konstruktiv muloqot oʻtkazildi.