Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

08/01/2026 | Press release | Distributed by Public on 08/01/2026 00:43

“Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” davlat rahbarlari sammitiga tayyorgarlik bo‘yicha yuqori mansabdor shaxslarning yig‘ilishi Ostona shahrida bo‘lib o‘tdi

2026-yil 31-iyul kuni Ostona shahrida "Markaziy Osiyo - Koreya Respublikasi" davlat rahbarlarining sammitiga tayyorgarlik ko'rish doirasidagi yuqori mansabdor shaxslarning uchinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Tadbirda Koreya Respublikasi, Qozog'iston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari o'rinbosarlari, shuningdek, Qirg'iz Respublikasining Ostonadagi Elchisi ishtirok etdi. O'zbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Mirvohid Azimov boshchilik qildi.

Tomonlar bo'lajak sammit dasturi va kun tartibining mazmuniy jihatlari bo'yicha yondashuvlarni kelishib oldi.

Shuningdek, ishtirokchilar Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasidagi hamkorlikning bugungi holati hamda istiqbollarini muhokama qilib, umumiy manfaatlarga javob beradigan ustuvor yo'nalishlarda hamkorlikni yanada kengaytirishga o'zaro manfaatdor ekanligini tasdiqladi.

Tadbir doirasida Mirvohid Azimov Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Chun I Xe bilan ikki tomonlama uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuv davomida O'zbekiston-Koreya hamkorligining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi, oliy va yuqori darajalarda rejalashtirilgan tadbirlar jadvali muhokama qilindi hamda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo'nalishlari ko'rib chiqildi.

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan published this content on August 01, 2026, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on August 01, 2026 at 06:43 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]