Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

02/02/2026 | Press release | Distributed by Public on 02/02/2026 08:32

Ozarbayjon elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

2-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Bobur Usmanov Ozarbayjon Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Guseyn Guliyev bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuv davomida, 2025-yil yakunlari bo'yicha qo'shma ishlar natijalari sarhisob qilindi hamda joriy yilga mo'ljallangan asosiy tadbirlar kun tartibi yuzasidan ikki va ko'p tomonlama formatlarda fikr almashinuvi amalga oshirildi.

O'zbekiston va Ozarbayjon o'rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirishga qaratilgan yangi amaliy takliflarni ishlab chiqish, shuningdek, ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida yaqin ishchi aloqalarni davom ettirish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan published this content on February 02, 2026, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on February 02, 2026 at 14:33 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]