09/11/2026 | Press release | Distributed by Public on 09/12/2026 07:13
2026-yil 11-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Mirvoxid Azimov hamda Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o'rinbosari Ayubxon Sultanov boshchiligida mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari, "Enterprise Uzbekistan" Xalqaro raqamli texnologiyalar markazi rahbariyati va hududlardagi "IT Park Uzbekistan" direktorlari ishtirokida videokonferensaloqa yig'ilishi o'tkazildi.
Yig'ilishda O'zbekistonning IT ekotizimini rivojlantirish, raqamli xizmatlar eksport geografiyasini kengaytirish hamda "IT diplomatiyasi" yo'nalishida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, IT, BPO va KPO kompaniyalari hamda startaplarning xorijiy bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, ilg'or xalqaro tajribani o'rganish hamda ICT Week Uzbekistan kabi nufuzli xalqaro IT platformalarida O'zbekistonning salohiyatini ilgari surish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur yo'nalishdagi faoliyatni tizimli yo'lga qo'yish maqsadida "IT diplomatiyasi" konsepsiyasini ishlab chiqish masalasiga alohida e'tibor qaratildi.