Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

06/09/2026 | Press release | Distributed by Public on 06/09/2026 07:51

Konsullik masalalari bo‘yicha birinchi maslahatlashuvlar to‘g‘risida

Minsk shahrida O'zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida konsullik masalalari bo'yicha birinchi maslahatlashuvlar bo'lib o'tdi.

O'zbekiston delegatsiyasiga O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Olimjon Abdullayev, Belarus delegatsiyasiga esa Belarus Respublikasi tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Yevgeniy Shestakov boshchilik qildi.

Maslahatlashuvlarda O'zbekiston Respublikasi Migratsiya agentligi, Belarus Respublikasi Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi hamda Belarus Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Fuqarolik va migratsiya departamenti vakillari ham ishtirok etdi.

Tomonlar konsullik sohasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari, mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish, ikki mamlakat fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, shartnomaviy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish istiqbollarini muhokama qildi.

Uchrashuv davomida mehnat migratsiyasi sohasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish, fuqarolar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda migratsiya jarayonlarini samarali boshqarishga qaratilgan qo'shma chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan published this content on June 09, 2026, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on June 09, 2026 at 13:51 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]