05/07/2026 | Press release | Distributed by Public on 05/07/2026 09:12
Avstriya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Beate Meinl-Rayzinger hamda ichki ishlar vaziri Gerhard Karnerning yurtimizga tashrifi amaliy natijalarga boy boʻldi.
Tashrif doirasida Oʻzbekiston-Avstriya biznes-forumi oʻtkazilib, unda ikki mamlakatning 100 nafardan ortiq biznes vakillari ishtirok etdi. Konchilik, agrosanoat, farmatsevtika va "yashil" energetika sohalaridagi istiqbolli tashabbuslarga alohida eʼtibor qaratildi. Forum yakunida yangi loyihalar boʻyicha strategik yoʻnalishlarni belgilashga qaratilgan B2B va B2G uchrashuvlari tashkil etildi.
Shuningdek, mehmonlar Toshkent shahridagi Xalqaro til va koʻnikmalar maktabi faoliyati bilan tanishib, mamlakatimizda kasbiy taʼlimni rivojlantirish borasida yaratilgan shart-sharoitlarni yuqori baholadilar hamda dual taʼlim sohasida hamkorlikka qiziqish bildirdilar.
Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif chogʻida esa mehmonlarga markazning faoliyati, ajdodlarimizning boy ilmiy-maʼnaviy merosi, islom sivilizatsiyasining jahon taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi, shuningdek, bugungi kunda amalga oshirilayotgan ilmiy-maʼrifiy loyihalar haqida batafsil maʼlumot taqdim etildi.