Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

05/20/2026 | Press release | Distributed by Public on 05/20/2026 05:37

TIV rahbarining Qatar Davlati tashqi savdo ishlari bo‘yicha davlat vaziri bilan uchrashuvi to‘g‘risida

20-may kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qatar Davlati tashqi savdo ishlari bo'yicha davlat vaziri Ahmad bin Muhammad Al-Sayid bilan uchrashuv o'tkazdi.

Muloqot davomida O'zbekiston va Qatar o'rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-logistika, energetika va infratuzilma sohalaridagi hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlari muhokama qilindi.

Mavjud ulkan salohiyatni to'liq ishga solish, investitsiyaviy sheriklikni chuqurlashtirish va qo'shma loyihalarni jadallashtirish muhimligi qayd etildi.

Shuningdek, Qatar tomonini joriy yil iyun oyida Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan V Toshkent xalqaro investitsiya forumida faol ishtirok etishga taklif qilindi.

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan published this content on May 20, 2026, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on May 20, 2026 at 11:37 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]