Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

01/14/2026 | Press release | Distributed by Public on 01/14/2026 09:17

O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi

14-yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qirg'iz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan telefon orqali muloqot o'tkazdi.

Suhbat davomida bo'lajak ikki va ko'p tomonlama tadbirlar kun tartibi yuzasidan fikr almashildi, O'zbekiston-Qirg'iziston munosabatlarining joriy holati muhokama qilindi hamda strategik sheriklikni yanada mustahkamlash va rivojlantirish bo'yicha aniq qadamlar belgilab olindi.

Tomonlar hamkorlikni konstruktiv va kelajakka yo'naltirilgan ruhda rivojlantirishga bo'lgan umumiy sadoqatini yana bir bor tasdiqladi.

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan published this content on January 14, 2026, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on January 14, 2026 at 15:17 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]