Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

07/01/2026 | Press release | Distributed by Public on 07/01/2026 09:59

O‘mon Investitsiya agentligi rahbari o‘rinbosari bilan uchrashuv to‘g‘risida

2026-yil 1-iyul kuni Masqat shahrida O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Bahromjon A'loyev Investitsiya agentligi rahbari o'rinbosari Munir al-Muniriy bilan uchrashdi.

Muloqot davomida o'zaro hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari, qo'shma loyihalarni birgalikda amalga oshirish, «O'zbek-O'mon investitsiya» kompaniyasi («UzOman Capital») salohiyatidan samarali foydalangan holda O'zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarini jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, sanoat, logistika, qishloq xo'jaligi, turizm, bank-moliya va boshqa ustuvor sohalarda o'zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish, ishbilarmon doiralar o'rtasidagi aloqalarni faollashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan published this content on July 01, 2026, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on July 01, 2026 at 15:59 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]