08/17/2026 | Press release | Distributed by Public on 08/17/2026 11:54
2026-yil 17-avgust kuni Tehron shahrida O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Bahromjon A'loyev Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchi bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini, jumladan, siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, transport-tranzit hamda madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Hukumatlararo hamkorlik mexanizmlarini yanada takomillashtirish hamda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o'rtasidagi aloqalarni faollashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Shuningdek, o'zaro manfaatli bo'lgan mintaqaviy va xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.