Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

06/09/2026 | Press release | Distributed by Public on 06/09/2026 07:37

Belarus Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashuv to‘g‘risida

O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Olimjon Abdullayev Minsk shahrida Belarus Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Sergey Lukashevich bilan uchrashuv o'tkazdi.

Muzokaralar davomida O'zbekiston-Belarus munosabatlarining hozirgi holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlar ikki tomonlama hamkorlikni yangi mazmun bilan boyitayotgani qayd etildi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini ilgari surish, transport-logistika aloqalarini rivojlantirish, shuningdek, ta'lim, madaniyat va gumanitar sohalardagi hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shu bilan birga, konsullik-huquqiy sohadagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari atroflicha koʻrib chiqildi. Xususan, migratsiya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, ikki mamlakat konsullik muassasalari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlik mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish yuzasidan fikr almashildi.

Joriy yilda o'tkazilishi rejalashtirilgan bo'lajak tadbirlar jadvali yuzasidan ham fikr almashildi.

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan published this content on June 09, 2026, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on June 09, 2026 at 13:37 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]