Central Bank of the Republic of Uzbekistan

09/19/2025 | Press release | Archived content

Markaziy bankda jurnalist va blogerlar ishtirokida media-muloqot oʻtkazildi

Markaziy bankda jurnalist va blogerlar uchun "Banklar tomonidan qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirishdagi yangi tartiblar" mavzusida media-muloqot boʻlib oʻtdi.

Ochiq muloqot formatidagi uchrashuvda xalqaro zaxiralarni boshqarish amaliyoti, aholining investitsiya va jamgʻarish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirishning yangi tartibi toʻgʻrisida tushuntirishlar berildi.

Tadbirda tijorat banklari vakillari ham ishtirok etib, yangi tartib orqali joriy etilayotgan oʻzgarishlar yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Interaktiv shaklda oʻtkazilgan tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar mavzu yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Central Bank of the Republic of Uzbekistan published this content on September 19, 2025, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on September 22, 2025 at 06:31 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]