Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

07/27/2026 | Press release | Distributed by Public on 07/27/2026 05:48

TIV rahbari Qozog‘iston elchisi bilan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi

27-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O'zbekistonda diplomatik faoliyatini yakunlayotgan Qozog'iston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Beybut Atamkulovni qabul qildi.

Uchrashuvda elchining mamlakatimizdagi faoliyati Oʻzbekiston-Qozogʻiston munosabatlarida muhim tarixiy davrga toʻgʻri kelgani alohida taʼkidlandi. Xususan, 2022-yil 22-dekabrda davlatlar oʻrtasida Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnoma imzolangani qayd etildi.

Shuningdek, ikki qardosh mamlakat oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshgan salmoqli shaxsiy hissasi uchun Elchiga samimiy minnatdorlik bildirildi.

Diplomatning ushbu yoʻnalishdagi xizmatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yuksak baholanib, u "Doʻstlik" ordeni bilan taqdirlangani alohida eʼtirof etildi.

Uchrashuv yakunida Beybut Atamkulov Oʻzbekistonning samimiy doʻsti va yuksak malakali diplomat sifatida eʼtirof etilib, uning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilandi.

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan published this content on July 27, 2026, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on July 27, 2026 at 11:48 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]