Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

06/15/2026 | Press release | Distributed by Public on 06/15/2026 10:11

O‘zbekiston–Koreya siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi davrasi Toshkentda bo‘lib o‘tdi

2026-yil 15-iyun kuni Toshkent shahrida O'zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi tashqi ishlar vazirliklari o'rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo'lib o'tdi.

Delegatsiyalarga O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Mirvohid Azimov va Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Chun I Xe boshchilik qildi.

Do'stona va konstruktiv ruhda o'tgan uchrashuvda tomonlar O'zbekiston va Koreya o'rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlari hamda ko'p qirrali hamkorlikning izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Muzokaralar markazida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish istiqbollari bo'ldi.

Tomonlar savdo hajmini oshirish va transport, sog'liqni saqlash, ta'lim hamda boshqa yo'nalishlarda qo'shma loyihalarni amalga oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar ko'rishga kelishib oldi.

Maslahatlashuvlar davomida oliy va yuqori darajadagi tashriflar yakunlari bo'yicha erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ko'rib chiqildi hamda yaqin istiqbolda hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari belgilab olindi. Shuningdek, turli darajalardagi bo'lajak tadbirlar jadvaliga alohida e'tibor qaratildi.

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan published this content on June 15, 2026, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on June 15, 2026 at 16:11 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]