05/21/2026 | Press release | Distributed by Public on 05/21/2026 07:17
2026-yil 21-may kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Bahromjon A'loyev Kuvayt Davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Turki Xolid Hamad al-Mikrad bilan uchrashuv o'tkazdi.
Muloqot davomida ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, o'zaro tashriflar almashinuvi va xalqaro anjumanlarni birgalikda tashkil etish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni faollashtirishga kelishib olindi.