Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

07/07/2026 | Press release | Distributed by Public on 07/07/2026 10:10

TIV rahbari Ozarbayjon elchisi bilan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi

7-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O'zbekistonda diplomatik faoliyatini yakunlayotgan Ozarbayjon Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Guseyn Guliyev bilan xayrlashuv uchrashuvini o'tkazdi.

Uchrashuv davomida elchiga mamlakatimizdagi o'n to'rt yillik samarali faoliyati davomida O'zbekiston va Ozarbayjon o'rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qo'shgan beqiyos hissasi uchun minnatdorlik bildirildi.

Shu yillar davomida u nafaqat Ozarbayjonning O'zbekistondagi munosib vakili, balki diplomatik korpus duayeni sifatida ham yuksak hurmat va e'tirofga sazovor bo'lgani ta'kidlandi.

Shuningdek, elchining mamlakatlar o'rtasidagi do'stlik va birodarlik rishtalarini mustahkamlash yo'lidagi xizmatlari O'zbekistonda munosib baholangani alohida qayd etildi. Davlatning yuksak mukofotlari - "Do'stlik" va "Mehnat shuhrati" ordenlari bilan taqdirlangani uning ko'p yillik samarali faoliyatining yuksak e'tirofi ekani ta'kidlandi.

Uchrashuv yakunida Guseyn Guliyevga O'zbekiston-Ozarbayjon hamkorligini rivojlantirish yo'lidagi fidokorona mehnati uchun yana bir bor minnatdorlik bildirilib, mustahkam sog'liq, oilaviy baxt-saodat va kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan published this content on July 07, 2026, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on July 07, 2026 at 16:10 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]