Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

03/06/2026 | Press release | Archived content

Yevropa Ittifoqining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili J.Bertran bilan uchrashuv to‘g‘risida

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg'oniston bo'yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Yevropa Ittifoqining Afg'oniston bo'yicha Maxsus vakili Jil Bertran bilan onlayn uchrashuv o'tkazdi.

Muzokaralar chog'ida mintaqaviy xavfsizlikning dolzarb masalalari, xususan, Afg'oniston-Pokiston chegarasidagi vaziyat, shuningdek, O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi o'rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar mintaqaviy xavfsizlik va hamkorlik masalalari bo'yicha tizimli va konstruktiv muloqotni davom ettirishdan o'zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar hamda muntazam maslahatlashuvlarni davom ettirishga kelishib oldilar.

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan published this content on March 06, 2026, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on March 10, 2026 at 13:43 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]