01/27/2026 | Press release | Distributed by Public on 01/28/2026 03:46
27-yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Muzaffar Madrahimov Polsha Respublikasining Parlamenti Seym (quyi palatasi) Tashqi ishlar bo'yicha komissiya raisi Pavel Koval boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuv davomida O'zbekiston-Polsha munosabatlarining joriy holati va rivojlanish istiqbollari, parlamentlararo hamkorlik masalalari, shuningdek, 2026-yilga mo'ljallangan ikki tomonlama hamkorlik rejalari ko'rib chiqildi.
Tomonlar O'zbekiston va Polsha o'rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashdan o'zaro manfaatdor ekanliklarini, jumladan, qishloq xo'jaligi, logistika hamda transport sohalarida qo'shma loyihalarni amalga oshirish muhimligini bildirdi.
Muzokaralar yakunida parlament delegatsiyalarining tashriflari va ikki mamlakat parlamentlararo do'stlik guruhlari uchrashuvlarini ko'paytirish, shuningdek, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirishni o'z ichiga olgan qo'shma tadbirlar o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishildi.