Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

06/09/2026 | Press release | Distributed by Public on 06/09/2026 09:57

Indoneziya elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

2026-yil 9-iyun kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Mirvohid Azimov Indoneziya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Siti Ruhaini Juhayatin bilan uchrashuv o'tkazdi.

Muloqot davomida O'zbekiston-Indoneziya ko'p qirrali hamkorligining hozirgi holati va istiqbolli yo'nalishlarini muhokama qilindi. Bo'lajak tadbirlarni tayyorlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Ularning kun tartibini aniq loyihalar va hujjatlar bilan boyitish, ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish muhimligi ta'kidlandi.

Tomonlar o'zaro savdo hajmini oshirish, eksport va import tarkibini diversifikatsiya qilish hamda mavjud to'siqlarni bartaraf etish bo'yicha aniq chora-tadbirlarni belgilab oldi. Kimyo, farmatsevtika va qishloq xo'jaligi sohalariga Indoneziya kapitalini jalb etish imkoniyatlari ko'rib chiqildi.

Hamkorlikning eng jadal rivojlanayotgan yo'nalishlaridan biri sifatida turizm, xususan "ziyorat turizmi" alohida qayd etildi.

Uchrashuv yakunida Toshkent va Jakarta o'rtasidagi hamkorlikni ikki tomonlama kun tartibining barcha yo'nalishlari bo'yicha yanada chuqurlashtirishga qat'iy intilish tasdiqlandi.

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan published this content on June 09, 2026, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on June 09, 2026 at 15:57 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]