Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

05/06/2026 | Press release | Distributed by Public on 05/06/2026 04:32

TIV rahbarining Serbiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuvi to‘g‘risida

6-may kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Serbiya tashqi ishlar vaziri Marko Djurich bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuv davomida O'zbekiston va Serbiya o'rtasidagi siyosiy muloqotni yanada faollashtirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, investitsiyaviy loyihalarni ilgari surish hamda transport, sanoat, turizm va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o'rtasidagi yaqin va tizimli hamkorlikni davom ettirish, siyosiy maslahatlashuvlar mexanizmlarini yanada faollashtirish hamda yangi qo'shma tashabbuslarni ilgari surish muhim ekani taʼkidlandi.

Shuningdek, Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amaliy mazmun bilan boyitish, ikki davlat rahbarlari belgilab bergan vazifalar ijrosini taʼminlash va yaqin istiqboldagi oliy darajadagi tashriflarga puxta tayyorgarlik ko'rishga alohida eʼtibor qaratildi.

Serbiya O'zbekistonning Yevropadagi ishonchli hamkorlaridan biri sifatida qadrlanishi qayd etildi. Ikki tomonlama munosabatlarning bugungi surʼati mamlakatlar o'rtasidagi sheriklikni yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirildi.

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan published this content on May 06, 2026, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on May 06, 2026 at 10:32 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]