Results

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

07/07/2026 | Press release | Distributed by Public on 07/07/2026 11:02

O‘zbekiston va Gvineya-Bisau tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot o‘tkazdi

7-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Gvineya-Bisau Respublikasi tashqi ishlar, xalqaro hamkorlik va jamiyatlar vaziri Fatumata Jau bilan telefon orqali muloqot qildi.

Muloqot davomida O'zbekiston va Gvineya-Bisau o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Siyosiy muloqotni yo'lga qo'yish, tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida muntazam siyosiy maslahatlashuvlar mexanizmini shakllantirish, shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Shuningdek, BMT va Qo'shilmaslik harakati doirasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot yakunida tomonlar mamlakatlar o'rtasidagi do'stona munosabatlarni yanada rivojlantirish va o'zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo'yicha yaqin muloqotni davom ettirishga kelishib oldi.

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan published this content on July 07, 2026, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on July 07, 2026 at 17:02 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]