06/14/2026 | Press release | Distributed by Public on 06/14/2026 04:15
Dushanbe shahrida "Markaziy Osiyo - Shanxay hamkorlik tashkilotining (SHHT) yadrosi: tinchlik va taraqqiyot makoni" mavzusida xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi.
Tadbirda SHHTga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari o'rinbosarlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, ekspert-tahlil doiralari hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari ishtirok etdi.
O'zbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Mirvohid Azimov boshchilik qildi.
Konferensiya davomida tomonlar Markaziy Osiyoning SHHTning geografik va strategik yadrosi sifatida tashkilot makonida barqaror taraqqiyot va barqarorlikni ta'minlashdagi muhim o'rni, shuningdek, o'zaro bog'liqlikni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish hamda SHHT faoliyatini takomillashtirish masalalarini muhokama qildi.