Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

07/27/2026 | Press release | Distributed by Public on 07/27/2026 08:31

TIV rahbari Finlyandiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi

27-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Finlyandiya Respublikasining mamlakatimizdagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Yoxanna Mariya Ogrenning ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Uchrashuv davomida soʻnggi yillarda Oʻzbekiston-Finlyandiya munosabatlari sezilarli darajada faollashayotgani qayd etildi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish hamda ishbilarmon doiralar oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni ragʻbatlantirish muhimligini taʼkidladi.

TIV rahbari elchiga masʼuliyatli diplomatik faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab, Oʻzbekiston-Finlyandiya munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan saʼy-harakatlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashini tasdiqladi.

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan published this content on July 27, 2026, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on July 27, 2026 at 14:31 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]