05/01/2026 | Press release | Distributed by Public on 05/01/2026 10:06
1-may kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiya tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Arfiya Eri bilan uchrashuv o'tkazdi.
Suhbat davomida kengaytirilgan strategik sheriklikni izchil rivojlantirish masalalari muhokama qilinib, oliy darajadagi tashrifda erishilgan kelishuvlarni amaliy natijalarga aylantirish boʻyicha aniq choralar belgilab olindi.
"Markaziy Osiyo + Yaponiya" muloqoti doirasida "yashil" taraqqiyot, savdo-iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish yoʻnalishlarida hamkorlikni kengaytirish ustuvor vazifa sifatida qayd etildi.
Yaponiya bilan oʻzaro ishonchga asoslangan, uzoq muddatli va barqaror hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyorlik bildirildi.