05/18/2026 | Press release | Distributed by Public on 05/18/2026 09:13
18-may kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Bobur Usmanov Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) boshqaruv raisi Nikolay Podguzov bilan uchrashdi.
Muloqot davomida tomonlar O'zbekiston Respublikasining YeOTB bilan hamkorligining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, bankning mamlakatimizdagi faoliyatini amaliy jihatlarini muhokama qildi.
Toshkent shahrida bank vakolatxonasining ochilishi muhimligi ta'kidlanib, bu YeOTBning investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishda yanada faol ishtirok etishiga xizmat qilishi qayd etildi.
Uchrashuv yakunida, tomonlar O'zbekiston va YeOTB o'rtasidagi hamkorlikni, jumladan, O'zbekistonda qo'shma investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish orqali yanada mustahkamlashdan o'zaro manfaatdor ekanligini tasdiqladi.