Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

06/05/2026 | Press release | Distributed by Public on 06/05/2026 07:54

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi bilan uchrashuv to‘g‘risida

2026-yil 5-iyun kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Mirvohid Azimov Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Asad Majid Xon bilan uchrashuv o'tkazdi.

Muloqot davomida tomonlar transport sohasida o'zaro bog'liqlikni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, bojxona jarayonlarini raqamlashtirish, tovar va xizmatlar harakati yo'lidagi to'siqlarni bartaraf etishga alohida e'tibor qaratgan holda tashkilot doirasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.

O'zbekiston Prezidentining IHT sammitlarida ilgari surilgan tashabbuslarini, jumladan, "Iqtisodiy hamkorlikning strategik maqsadlari - 2035" hujjatini qabul qilish, savdoni soddalashtirish to'g'risidagi bitimni imzolashni izchil ilgari surishga, shuningdek, IHT doirasida bo'lajak tadbirlar jadvaliga alohida e'tibor qaratildi.

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan published this content on June 05, 2026, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on June 05, 2026 at 13:54 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]