Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

06/22/2026 | Press release | Distributed by Public on 06/22/2026 02:43

Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti bosh direktori bilan uchrashuv haqida

Joriy yilning 22-iyun kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Bahromjon A'loyev Islom dunyosi ta'lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) bosh direktori Salim bin Muhammad al-Malik bilan uchrashuv o'tkazdi.

Muzokarada ilm-fan, madaniyat, ta'lim va turizm sohalarida ushbu nufuzli mintaqaviy tuzilma bilan konstruktiv muloqot va samarali hamkorlikni rivojlantirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

O'zbekiston Hukumati va ICESCO o'rtasida hamkorlikni kengaytirish va yaqin kelajakda samarali loyihalarni birgalikda amalga oshirishning ustuvor yo'nalishlarini o'z ichiga olgan "Harakatlar rejasi"ning ijrosiga alohida e'tibor qaratildi.

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan published this content on June 22, 2026, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on June 22, 2026 at 08:43 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]