Results

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

02/03/2026 | Press release | Distributed by Public on 02/04/2026 00:39

Pokiston Bosh vazirining maxsus maslahatchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

O'zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Baxromjon A'loyev Islomobod shahrida Pokiston Bosh vazirining xorij ishlari bo'yicha maxsus maslahatchisi Tarik Fatemi bilan uchrashuv o'tkazdi.

Muzokaralar davomida O'zbekiston va Pokiston o'rtasidagi munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari, shuningdek, ta'lim, fan va madaniyat sohalarida ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Pokiston Bosh vazirining maxsus maslahatchisi O'zbekistonning mintaqadagi tarixiy ahamiyati va boy madaniy merosini e'tirof etdi hamda Toshkent va Samarqand shaharlarining jahon tamadduniga qo'shgan hissasini alohida urg'uladi.

Muloqot davomida joriy yilda rejalashtirilgan turli darajadagi tashriflar va qo'shma tadbirlar rejasi batafsil ko'rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida O'zbekiston va Pokiston o'rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirishga qaratilgan yangi amaliy takliflarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan published this content on February 03, 2026, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on February 04, 2026 at 06:39 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]