07/17/2026 | Press release | Distributed by Public on 07/17/2026 10:17
17-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qatar Davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Hasan bin Hamza Hoshimni qabul qildi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va Qatar oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, oliy darajadagi muloqotlar doirasida erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika, energetika, turizm va madaniy-gumanitar yoʻnalishlardagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
Shuningdek, boʻlajak ikki tomonlama tadbirlar jadvali hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning dolzarb jihatlari koʻrib chiqildi.
Elchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qatar Davlati sobiq Amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniyning vafoti munosabati bilan yaqinda Doha shahriga tashrifi hamda shaxsan bildirgan hamdardligi va taʼziyasi uchun Qatar tomonining samimiy minnatdorligini yetkazdi.