Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

12/25/2025 | Press release | Archived content

Jidda shahrida vatandoshlar bilan davra suhbati o‘tkazildi

25-dekabr kuni Jidda shahrida O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Olimjon Abdullayev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi tomonidan O'zbekiston Bosh konsulxonasida Makka va Madina shaharlarida istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan davra suhbati o'tkazildi.

Tadbirda xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan fuqarolar, Saudiya Arabistonidagi yetakchi oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar va yosh olimlar, shuningdek, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan vatandoshlar ishtirok etdi.

Muloqot avvalida O'zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining
33 yilligi va yaqinlashib kelayotgan 2026-yil munosabati tabriklar bildirildi.

Vatandoshlarga mamlakatning yangi taraqqiyot bosqichiga kirgani, amalga oshirilayotgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar hamda ustuvor umumdavlat dasturlari haqida ma'lumotlar berildi. Diniy-ma'rifiy sohalardagi islohotlar, milliy qadriyatlarni asrash va muqaddas qadamjolarni obodonlashtirish ishlari alohida qayd etildi.

Shuningdek, O'zbekistonda yetakchi xorijiy oliy ta'lim muassasalari filiallari ochilayotgani va yoshlar uchun keng ta'lim imkoniyatlari yaratilayotgani ta'kidlandi.

Davra suhbatida vatandoshlarga Saudiya Arabistonida yashash va faoliyat yuritish qonun-qoidalariga rioya etish bo'yicha tushuntirishlar berildi hamda ochiq savol-javob o'tkazildi.

Ishtirokchilar amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida O'zbekistonning xalqaro nufuzi ortib borayotganini e'tirof etdi.

Shuningdek, Turkiyaning "AGCC" kompaniyasi tomonidan Rabig' ishlab chiqarish mintaqasida faoliyat yuritayotgan 35 nafar ishchi migrant vatandoshlarning holidan xabar olinib, ularning murojaatlari o'rganildi va tegishli tushuntirishlar berildi.

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan published this content on December 25, 2025, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on December 27, 2025 at 13:57 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]